Aleksandr Volkanovskiga yangi raqib topildi
- 19-март, 09:42
- Javohir Malikov
- 0
- MMA
Braziliyalik UFC jangchisi Jin Silva ijtimoiy tarmoqlarida bu hafta Angliyaga yo‘l olib, yarim engil vazn chempioni Aleksandr Volkanovskiyga qarshi jangga shartnoma imzolashini ma’lum qildi.
"Biz Xanter Kembell va Dana Uayt taklifi bilan Londonga ketyapmiz. U yerda Movsar Yevloev va Leron Myurfi o‘rtasidagi to‘qnashuvni ko‘rish, shuningdek, kamar uchun jangga shartnoma imzolash maqsadimiz bor", - dedi braziliyalik.
Eslatib o‘tamiz, Jin Silva oxirgi bor 2026 yil 24 iyun kuni "UFC 324" turnirida oktagonga ko‘tarilib, Arnold Allenni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgan. Volkanovski esa "UFC 325" oqshomida Diego Lopes ustidan g‘alaba qozondi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q