Aleksandr Usik hammani lol qoldirdi
- 25-март, 06:05
- Javohir Malikov
- 0
- Boks
Yarim og‘ir vazn toifasida (79,2 kg) amaldagi WBC chempioni Devid Benavidez ukrainalik charm qo‘lqop ustasi Aleksandr Usik haqida gapirdi.
"Usik, shubhasiz, hozirgi avlodning birinchi raqamli bokschisi. Uning ketma-ket ikkita yirik jangdagi g‘alabasini hisobga olsak, endi hech kim uning darajasiga yaqinlasha olmaydi, deb o‘ylayman.
Yodingizda bo‘lsa, u birinchi og‘ir vazn toifasida ham eng kuchli raqiblar bilan jang qilgandi. Keyin og‘ir vaznga o‘tdi. O‘shanda hech kim Aleksandrning imkoniyatini yuqori baholamadi. Biroq Usik u yerda ham barchani nokautga uchratdi va shu orqali hammani lol qoldirdi", – deya Benavidezning so‘zlaridan iqtibos keltirdi "Boxing News".
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik keyingi jangini afsonaviy kikbokschi Riko Verkhoven ga qarshi 23 may kuni Misrda o‘tkazadi.