Aleksandr Gvozdik yana ringga qaytmoqda!

  • 7 fevral, 2023, 16:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning yarim og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 35 yoshli ukrainalik Aleksandr Gvozdik (17-1, 14KO) 3 yarim yillik tanaffusdan so‘ng yana jang o‘tkazadi. 
 
Gvozdik 11 fevral kuni AQShning Pomona shahrida tashkil etiladigan oqshomda argentinalik Xorxe Daniel Mirandaga  (58-21, 22KO) qarshi ringga ko‘tariladi. 
 
Eslatib o‘tamiz, u 2019 yil so‘nggi bor Artur Beterbievdan muddatidan oldin mag‘lub bo‘lgan va faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!