
"Al-Hilol" bosh murabbiyi "Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Bugun Toshkentning "Paxtakor" jamoasi "Al-Hilol"ga qarshi Elit Chempionlar ligasi 1/8 final bochqichi javob uchrashuviini o‘tkazadi. Bellashuvdan oldign Xorxe Jezus matbuot anjumanida qatnashdi.
"Uchrashuv muhim va bizning maqsadlarimiz aniq. Bu liga o‘yini emas, biz g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘lgan nokaut o‘yini.
Birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatimiz tufayli natijada ortda qoldik va ertaga yuqori sifat bilan maydonga tushishga va o‘zimizga kerakli natijaga erishishga intilamiz.
Mitrovichning holati haqida gapira olmayman. Men buni mutaxassislarga topshirishni afzal ko‘raman va ro‘yxatga kiritiladimi yoki yo‘qligini tasdiqlay olmayman. Al-Shahrani, Renan Hassan Tambaktilar to‘liq tayyor. Ular yakuniy mashg‘ulotdan kelib chiqib, o‘yinda qancha foydalanashimizni hal qilamiz", - dedi portugaliyalik mutaxxasis.
Fikrlar