
Aguero Manchester derbisida ishtirok etolmaydi
“Manchester Siti” forvardi Serxio Aguero yaqin bir nechta o‘yinlarda jamoasiga yordam berolmaydi.
“Shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola argentinalik futbolchining jarohat olgani va shu bois bir nechta o‘yinlarda, jumladan 7 dekabr kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ham maydonga tushmasligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Siti” Manchester derbisigacha EChL doirasida “Shaxtyor”, APL doirasida esa “Nyukasl” va “Byornli”ga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.
Fikrlar