AGMKning ikki futbolchisi O‘zbekiston milliy jamoasiga chaqirildi
- 2-феврал 2021, 13:36
- 0
- Futbol
O‘zbekiston milliy jamoasi "JCh-2022" va "OK-2023" saralash bosqichi o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida 8-18 fevral kunlari BAAning Dubay shahrida o‘tkazadigan yig‘iniga AGMK futbolchilari jalb etildi.
Olmaliqliklar darvozaboni Botirali Ergashev va hujumkor vinger Husniddin G‘ofurov terma jamoaning 6 fevralda Toshkentda boshlanadigan va 8-18 fevral kunlari BAAda davom etadigan yig‘iniga taklif oldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak yig‘in doirasida Iordaniya va Rossiya chempioni "Zenit"ga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkazadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q