Afrika Millatlar kubogi. Tunis va Jazoir ham yarim finalga chiqdi

  • 12 iyul, 2019, 04:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni kunlarda Misr yashil maydonlarida Afrika Millatlar kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bugun musobaqaning chorak finalidan o‘rin olgan yana 2ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Kot-d`Ivuar terma jamoasi Jazoirga qarshi maydonga tushdi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar 1:1 hisobida yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlandi. Unda esa omad jazoirlik futbolchilarga kulib boqdi.

Madagaskarga qarshi o‘ynagan Tunis esa ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi va 3:0 hisobida g‘alaba qozonib yarim finalga chiqdi.

Kot-d`Ivuar – Jazoir 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0), penalti - 3:4

11 iyul, 21.00, «As-Suwais Stadium»

Gollar: 0:1 – 20 Feguli, 1:1 – 62 Kodjia.

Kot-d`Ivuar – Gbouo, Bagayoko, Traore, Kulibali, Kanon (Komara, 54), Die, Kessie, Zaa (Korne, 94), Sangare (Gbamen, 78), Gradel, Kodjia (Boni, 96).

Jazoir – Mboli, Bensebayni, Attal (Zeffan, 30), Benlamri, Mandi, Bennaser, Feguli (Delor, 120), Gediura, Marez (Una, 86), Bunedja (Slimani, 78), Belaili.

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.

Ogohlantirishlar: Zaa (29), Bensebayni (29), Bennaser (39), Bagayoko (43), Gbouo (46), Kessie (88), Komara (120).

***

Madagaskar – Tunis 0:3 (0:0, 0:3)

11 iyul, 00.00, «Al Salam Stadium (Cairo Military Production Stadium)»

Gollar: 0:1 – 52 Sassi, 0:2 – 60 Msakni, 0:3 – 90 Sliti.

Madagaskar – Adrien, Mombris, Metanir, Fonten, Razakanantenaina (Morel, 66), Ilaymaxaritra (Rakotoxarimalala, 77), Abel, Nomendjanaxari (Voavi, 66), Andriatsima, Andriamatsinoro, Amada.

Tunis – Assen, Bronn, Merya, Xaddadi, Keshrida, Shalali (Dreger, 75), Sassi (Auadxi, 83), Xazri, Skiri, Msakni (Sliti, 66), Xenissi.

Ogohlantirishlar: Abel (86).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!