
Adesanya Jon Jonsga jim kutish kerakligini aytdi
O‘rta vaznda UFC chempioni Isroel Adesanya yana bir bor yarim og‘ir vazn toifasidagi chempion Jon Jonsni jangga chorladi.
“Ertami-kechmi u bilan jang qilamiz. Ammo men o‘z sportimni hurmat qilaman va chempionlikni himoya qilaman. Nega u chempionlikni qo‘lga kiritishi bilanoq darhol og‘ir vaznga o‘tmadi?
Men o‘z ishimni qilmoqchiman. Agar u men bilan jang qilishni istasa, bizning vaznga o‘tsin. Agar, yo‘q bo‘lsa, jim bo‘ling va men sizning vazn toifangizga o‘tgunimcha kuting”-dedi Adesanya.
Avvalroq, Jons uni yarim og‘ir vazn toifasiga o‘tmasligi borasida fikr bildirgandi.
Fikrlar