SPORTS.UZ
  • LIVE - O'yinlar
  • Musobaqalar
  • Futbol
  • O'zbek sporti
  • Boks
  • Shaxmat
  • Minbar

O'YINLAR

Tugagan
Pakhtakor II
0 - 3
Jayxun
Pakhtakor IIPakhtakor II
JayxunJayxun
Tugagan
0
3
Tugagan
Lochin
2 - 2
Aral
LochinLochin
AralAral
Tugagan
2
2
Tugagan
FarDu
0 - 1
Respublika
FarDuFarDu
RespublikaRespublika
Tugagan
0
1
Tugagan
Pisa
0 - 0
Lecce
PisaPisa
LecceLecce
Tugagan
0
0
Tugagan
Leeds United
1 - 1
Burnley
Leeds UnitedLeeds United
BurnleyBurnley
Tugagan
1
1
Tugagan
Krylya Sovetov
2 - 1
Spartak Moskva
Krylya SovetovKrylya Sovetov
Spartak MoskvaSpartak Moskva
Tugagan
2
1
Tugagan
Lokomotiv Moskva
0 - 1
Dinamo Moskva
Lokomotiv MoskvaLokomotiv Moskva
Dinamo MoskvaDinamo Moskva
Tugagan
0
1
Tugagan
Girona
0 - 1
Mallorca
GironaGirona
MallorcaMallorca
Tugagan
0
1
Tugagan
Rizespor
3 - 2
Konyaspor
RizesporRizespor
KonyasporKonyaspor
Tugagan
3
2
Tugagan
Gaziantep F.K.
0 - 2
Beşiktaş
Gaziantep F.K.Gaziantep F.K.
BeşiktaşBeşiktaş
Tugagan
0
2
Barcha o'yinlar

Musobaqalar

  • UEFA chempionlar ligasiUEFA chempionlar ligasi
  • OFK Chempionlar ligasiOFK Chempionlar ligasi
  • O'zbekistonO'zbekiston
  • AngliyaAngliya
To'liq jadval

FIDE reyting

№O'yinchiReyting
1GMCarlsen, Magnus2840
2GMNakamura, Hikaru2792
3GMCaruana, Fabiano2788
4GMAbdusattorov, Nodirbek2780
5GMSindarov, Javokhir2776
6GMGiri, Anish2767
7GMKeymer, Vincent2759
8GMFirouzja, Alireza2759
9GMSo, Wesley2754
10GMWei, Yi2753
To'liq jadval
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
Minbar
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Superliganing 11-turi oldidan: hamma g'alaba ilinjida, lekin...
  • Бугун, 00:54
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Eldor Sakaev: "Bu vaziyatdan chiqish qiyin, ammo..."
  • 1-май, 01:11
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Damir Temirov: "Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q"
  • 1-май, 00:50
Barcha bloglar

O'qing, qiziq!

"Dinamo"ga muxlislari tufayli qattiq jazo qo‘llanildi: sektorlar yopildi, klub jarimaga tortildiFutbol
  • 1-май, 14:32
  • 0
"Dinamo"ga muxlislari tufayli qattiq jazo qo‘llanildi: sektorlar yopildi, klub jarimaga tortildi
“Real” Afrika­dan bosh murabbiy olib keladiFutbol
  • 1-май, 06:59
  • 0
“Real” Afrika­dan bosh murabbiy olib keladi
Manchesterliklar qimmatbaho yulduzni yarim narxiga sotib yuboradiFutbol
  • 1-май, 07:04
  • 0
Manchesterliklar qimmatbaho yulduzni yarim narxiga sotib yuboradi
“Siti” afrikalik noyob iste’dodli vunderkind topdiFutbol
  • 1-май, 07:06
  • 0
“Siti” afrikalik noyob iste’dodli vunderkind topdi
Turklar “Siti” yulduzini so‘rayaptiFutbol
  • 1-май, 06:55
  • 0
Turklar “Siti” yulduzini so‘rayapti

Litsenziya

№1002

Ta'sischi

"RENDER SYSTEMS" MCHJ

Manzil

100047, Toshkent sh., Istiqbol ko'chasi, 15

Elektron pochta

info@sports.uz

Telefon

+998 71 233-78-98

Barcha xizmatlar litsenziyalangan, mahsulotlar sertifikatlangan. Sayt materiallarini har qanday shaklda tarqatishda sports.uz ga havola majburiy!

Sayt materiallarini ma'muriyat bilan kelishmasdan nusxalash taqiqlangan! Sayt ma'muriyati saytda joylashtirilgan reklama e'lonlari mazmuni uchun javobgar emas.

  • Google Play
  • App Store
SPORTS.UZSPORTS.UZ
  • Qoidalar
  • Reklama
  • Sayt haqida
  • 18+
Abramovning terma jamoamizdagi faoliyatini yodga olamiz
  • #Eron
  • #Avstraliya
  • #Osiyo Kubogi
  • #Yaponiya
  • #Vadim Abramov
  • #Qatar
  • #Ektor Kuper
  • #Xitoy

Abramovning terma jamoamizdagi faoliyatini yodga olamiz

  • 23-сентябр 2019, 18:58
  • 4
  • Futbol

Argentinalik mutaxassis Ektor Kuper terma jamoamizdagi faoliyatiga yakun yasaldi va uning o‘rniga Vadim Abramov bosh murabbiy etib tayinlandi.

2010 yilning 6 aprel sanasida Abramov terma jamoamizni qabul qilib olgan edi. Shundan so‘ng, 2012 yilning iyun oyigacha terma jamoamizda ishlagan.

Umumiy hisobda Abramov terma jamoamizni 27 ta uchrashuvda maydonga boshlab tushgan. Uning boshchiligida O‘zbekiston 11 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Yana 5 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan bo‘lsa, 11 marotaba mag‘lubiyat alamini tortgan.

Umumiy to‘plar-farqi 38-39 ni tashkil etadi. Agarda faqatgina rasmiy o‘yinlarning to‘plar-farqiga e’tibor bersak, 26-16 termamiz foydasiga.

27 ta bellashuvning 16 tasi rasmiy uchrashuvlar bo‘lsa, yana 11 tasi o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lgan.

2010 yilning o‘zida, Abramov shogirdlari 5 ta bahsni o‘tkazishga ulgurishgan va ularning barchasi o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lgan.

Abramovning debyuti ushbu yilning 11 avgust sanasiga to‘g‘ri keladi. Shu kuni, Albaniya raqiblik qilgan va terma jamoamiz 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Ushbu yilning 7 sentyabr sanasida, Evropa qit’asining yana bir vakili Estoniya terma jamoasiga qarshi bahs bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuv 3:3 ko‘rinishidagi hisob bilan yakunlangan.

Oradan 1 oy vaqt o‘tib, ketma-ket ikkita o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etildi. Unga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va Bahrayn O‘zbekistonga raqiblik qilishdi. Saudiyaliklar darvozamizga javobsiz 4 ta gol urgan bo‘lsa, futbolchilarimiz Bahrayn termasini 4:2 hisobida mag‘lub etishgan.

2010 yilning 25 dekabr kuni, Bahraynga qarshi yana bir bor o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilgan va uhcrashuv 1:1 hisobida durang natija bilan yakuniga etgan.

2011 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogidan oldin, terma jamoamizning o‘rtoqlik o‘yinlaridagi natijalaridan muxlislar norozichilik bildirishayotgan va to‘htovsiz tanqidlar yog‘dusini amalga oshirishayotgan edi. Osiyo Kubogining ochilish uchrashuvidan 5 kun oldin terma jamoamiz yana bir o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Unga ko‘ra, Iordaniya terma jamoasi raqibimizga aylandi. Bellashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakuniga etdi.

Vadim Abramovning terma jamoamizdagi ilk rasmiy uchrashuv 2011 yilning 7 yanvar kuniga to‘g‘ri keldi. Shu kuni, Osiyo Kubogining ochilish o‘yinida mezbon mamlakat Qatar terma jamoasiga raqiblik qildik. Butun dunyoning olqishlariga sazovor bo‘lgan o‘yinni namoyish etgan futbolchilarimiz uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Oradan 5 kun o‘tib, guruh bosqichining ikkinchi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Bu safar Quvayt termasi Abramovning nishoniga aylandi. Katta shov-shuvlarga sabab bo‘la olgan mazmunli va hujumkor futbol ko‘rsatgan terma jamoamiz 2:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritishgan.

Yana 4 kun o‘tib, guruh bosqichining hal qiluvchi bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turda O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro to‘qnash kelishdi. Ochiq va hujumkor tarzda kechgan bellashuv 2:2 hisobida yakuniga etdi.

Musobaqaning chorak finalida Iordaniyaga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tgan. Hozirda "So‘g‘diyona" klubida bosh murabbiy bo‘lib ishlayotgan Ulug‘bek Baqoev terma jamoamizning asosiy hujumchilaridan biri edi.

Iordaniyaga qarshi uchrashuvda aynan Baqoevning dubli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritganmiz va O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochilgan, ya’ni ilk bor Osiyo Kubogining yarim finaliga chiqish baxtiga muyassar bo‘lganmiz.

Tanganing ikkinchi tomoni ham bo‘lganidek, Abramov boshqaruvidan yomon hotiralar ham qolgan.

Musobaqaning yarim uchrashuvida Avstraliya terma jamoasi darvozamiz tomon javobsiz 6 ta gol urgan.

Kutilmagan zarbani qabul qilib olgandan so‘ng, Abramov shogirdlari 3-o‘rin uchun Janubiy Koreya termasiga qarshi bahs olib borgan va 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

Osiyo Kubogi yakuniga etib, 2 oydan so‘ng, Chernogoriya termasiga qarshi bellashuv bo‘lib o‘tdi. O‘rtoqlik o‘yini maqomiga ega bo‘lgan bahsda evropaliklar yagona gol evaziga g‘alabani ilib ketishgan.

2011 yil 1 iyun. Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tdi. Evropa qit’asi vakillariga qarshi yomon o‘yin ko‘rsatmagan terma jamoamizga shu kuni gol urish asib qilmadi va 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Oradan 4 kun o‘tib Xitoy terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi va 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchraldi.

JCh-2014 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston qarama-qarshiligi 2011 yilning 23 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Toshkentda kechgan uchrashuvda raqiblarimiz 4:0 hisobida dog‘da qoldirildi.

Oradan 5 kun o‘tib, qirg‘izlar uyida javob o‘yini bo‘lib o‘tdi va bu safar 3:0 hisobida g‘olib bo‘lish terma jamoamizga nasib etdi.

2011 yilning sentyabr, noyabr va oktyabr oylarida Abramov shogirdlari JCh-2014 saralashining 5 ta bellashuvini Abramov shogirdlari o‘tkazdi. Unga ko‘ra, futbolchilarimiz Tojikistonni 1 bor, KHDRni 2 bor 1:0 hisobida mag‘lub eta olishgan. Tojikistonga qarshi javob o‘yinida raqiblarimiz darvozasiga javobsiz 3 ta gol urish nasib qilgan bo‘lsa, Yaponiya bilan Toshkentda 1:1 hisobida durang natija qayd etilgan.

2012 yilning yanvar va fevral oylarida 3 ta o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilgan. Quvayt va BAAga 0:1, Janubiy Koreyaga 2:4 hisoblarida mag‘lub bo‘lganmiz.

JCh-2014 ikkinchi saralash bosqichining so‘nggi o‘yinida, ikkinchi tarkib futbolchilari bilan Yaponiyani safarda 1:0 hisobi bilan mag‘lub etib kelishgan.

JCh-2014 so‘nggi saralash bosqichining ilk uchrashuvida Eron terma jamoasi mehmonimiz bo‘lgan. 2012 yilning 3 iyun kuni bo‘lib o‘tgan bellashuvning so‘nggi soniyalarida urilgan yagona gol eronliklarga 3 ochkoni keltirgan edi.

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q