Abduqodir Husanovning yangi transfer narxi ma'lum bo'ldi
- 9-март, 22:24
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 1
- Futbol
Transfermarkt portali Angliya Premier-ligasida o‘ynaydigan futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi.
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi o‘zgarishsiz qoldi va hozirda 35 million yevroni tashkil etmoqda.
"Shaharliklar" tarkibidagi eng qimmat futbolchi sifatida 200 million yevro bahoga ega norvegiyalik hujumchi Erling Holand yetakchilikni saqlab qoldi. Ikkinchi o‘ringa vinger Antuan Semenyo ko‘tarildi — 75 million yevro (+10 mln).
"Manchester Siti"ning uchinchi eng qimmat futbolchi esa xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol bo‘lib turibdi. Uning narxi o‘zgarmagan — 70 million yevro.
Ma’lumot uchun, Husanov 2025 yil boshida Fransiyaning "Lans" klubidan manchesterliklar safiga o‘tgan edi.