Abdumalik Toshpo‘latov: "Iftixor" chempionatda ham munosib ishtirok etadi

  • 23 mart, 2019, 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Habaringiz bor kecha PFL kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Finalda Oltariqning "Iftixor" jamoasi xamda Toshkentning "Oqtepa" jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.  O‘yin 5:3 xisobida "Iftixor"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Shu tariqa "Iftixor" jamoasi 2019-yil Pro-liga A guruhida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘yindan so‘ng oltiariqliklar futbolchisi Abdumalik Toshpo‘latov o‘zining o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvolo biz PFL kubogida chempion bo‘lish xamda Pro-liga A yo‘llanmasi uchun xarakat qildik. O‘yin qizg‘in o‘tdi. Albatta, g‘alaba qozonish oson bo‘lmadi. Murabbiylarimiz ko‘rsatmalariga rioya qilib, muxlislarimiz kutgan g‘alabaga erishdik. O‘yinda hujum qilish bilan birga ximoyani ham unutmadik. "Oqtepa" jamoasi xam juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

Men bu erga kelganimda jamoaga foyda keltiraman deb o‘zimga so‘z bergan edim. Murabbiylarimiz va rahbarlarimizga katta rahmat aytaman. Ularning ishonchini oqlab, chempionatda xam munosib ishtirok etishga va’da beramiz. 

Azizbek Abdug‘aniev suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!