Abdumalik Halakovning raqibi ma’lum. U professional boksda debyut qiladi!
- 27-октябр 2023, 20:47
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- Boks
Xabaringiz bor, 17 noyabr kuni Toshkentda Lift Promotion tomonidan navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etiladi. Mazkur kechada bir qator taniqli bokschilarimiz navbatdagi jangini o‘tkazadi. Jumladan, Abdumalik Xalakov ham ringga ko‘tariladi. Bizga ma’lum bo‘lishicha hamyurtimizga ukrainalik Aleksandr Egorov raqiblik qiladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Abdumalik professional boksda debyut qilsa, Egorovning rekordi (20-9-1, 10 KO) ko‘rinish olgan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q