Abbosbek Fayzullaev: Rahmatli tog‘am shunday harakatga qarshi ko‘nikma hosil qila olmasang qiyin bo‘ladi, deb ko‘p ta’kidlar edilar

  • 30 yanvar, 2024, 19:15
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi nimchorak finalida Tailand bilan kuch sinashdi. Qiyin kechgan bellashuvda hamyurtlarimiz 2:1 hisbida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. 

Tecno

Abbosbek Fayzullaev o‘yinning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Matbuot anjumanida Fayzullaev o‘z fikrlarini bildirdi.

- Xalqimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular g‘alabaga haqli edi. Bizni ekran qarshisida ham ko‘plab muxlislar qo‘llab turdi. Keyingi bosqichga haqli edik va maqsadimizga erishdik.

qaysi pozitsiyada o‘ynashning farqi yo‘q. Asosiysi jamoaga foyda bersa bo‘ldi. Bugun oldinda Oston O‘runov, Jaloliddin Masharipov bilan yaxshi uchlik hosil qildik. Tez-tez joyimizni almashtirdik. Bu foyda berib raqib ancha chalg‘idi.

Men yoshligimdan raqiblarimning ko‘p qo‘pollik ishlatishiga o‘rganib qolganman. Lekin bunga qarshi harakter ko‘rsatishga urinyapman. Chunki rahmatli tog‘am shunday paytda bunday harakatga qarshi ko‘nikma hosil qila olmasang qiyin bo‘ladi, deb ko‘p ta’kidlar edilar. 

Uchrashuv oxirida biroz charchaganim uchun murabbiydan o‘zim almashtirishlarini so‘radim. Sababi mening o‘rnimga boshqa kuchga to‘la futbolchi maydonga tushgani foydali.

Qatarga qarshi o‘yin juda qiziqarli bo‘ladi. Chunki ular uyda, o‘z muxlislari qarshisida o‘ynaydi. Lekin biz hozirdan keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshladik. Tiklanish jarayonini o‘tkazamiz, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

IMG_20240130_185157_912

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Marufjon
30/01/2024 20:07
Кейинги ўйинда Ўзбекистон терма жамоасига ва барчамизга омад ёр бўлсин!