Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi 5 nafar sportchini musobaqalardan chetlatdi

CHERY AUTO

Doping bilan bog‘liq qoidani buzgani uchun Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi  5 nafar sportchini musobaqalardan ketlatdi. 

Tecno

Ular orasida joriy yili Birdamlik o‘yinlarida 53 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida zafar quchgan hindistonlik Sanjita Xumukshama, vazni 105 kg.gacha bo‘lgan polvonlar bahsida 2016 yili yoshlar o‘rtasidagi Evropa chempionligini qo‘lga kiritgan ispaniyalik Marko Velasko, Moldova vakili Yuriy Dudoglo, 2017 yili Anaxaymda o‘tgan jahon chempionatining bronza medali sohibi tailandlik Vitung Mingmun, shuningdek, ozarbayjonlik Anastasiya Ibragimli qayd etilgan. 

Ushbu sportchilarga aynan qaysi sanagacha musobaqalardan chetlatilgani borasida aniq qaror e’lon qilinmagan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!