
Virjil van Deyk: Meni "Liverpul" afsonasi sifatida eslashlarini xohlardim
“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk mersisaydliklar tarixidan joy olish istagida ekanligini aytib o‘tdi.
“Meni “Liverpul” afsonasi sifatida eslashlarini xohlardim. Men bu erda katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqchiman. Bizda fantastik jamoa shakllangan.
Klub meni qo‘lga kiritish uchun qo‘ldan kelgan hamma narsani qildi. Shu bois men ham “Liverpul”ga borimni bermoqchiman”, - deydi gollandiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” van Deyni 2018 yilning 1 yanvarida “Sautgempton”dan 74 mln funt evaziga sotib olgan edi.
Fikrlar
Хозир болаларни уйғот, булмаса кеч булади Мюнхенда!
Тарихқа албатта кирасан...