
"Vest Xem" etakchilaridan biri 5 haftaga safdan chiqdi
Londonning “Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Jek Uilsher yana jarohat oldi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli angliyalik futbolchi endi kamida 5 hafta jamoasiga yordam bera olmaydi. Xatto, u jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi ham mumkin.
Eslatib o‘tiz lozimki, Uilsher mavsum boshida xuddi shu jarohat bilan 1,5 oy davolangan edi.
Ma’lumot uchun, Jek Uilsher joriy mavsum “bolg‘achilar” safida bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishgan edi.
Fikrlar