
Van Deyk ertaga jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin
Liverpool Echo tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi Dubay yig‘inidan so‘ng shamollab qolgan va hamon mashg‘ulotlarga qaytmagan. Agarda, van Deyk bugungi mashg‘ulotlarda ham ishtirok etmasa, ertangi o‘yinda ishtirok etmasligi mumkin.
Qayd etish joiz, gollandiyalik futbolchi so‘nggi bor 2018 yilning yanvar oyida jarohati bois maydonga tusha olmagan edi. Shundan buyon APLning barcha uchrashuvlarida ishtirok etib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Angliya Premer-ligasi 22-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Lester" bellashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
Fikrlar