Van Deyk: "Liverpul"ning hujum triosi raqiblarni ko‘rqitmoqda

  • 31 dekabr, 2018, 12:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi himoyachisi Virjil van Deyk mersisaydliklarning hujum triosi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Mavsum boshida ayrimlar bizning hujum uchligimiz muvaffaqiyatga erisha olmaydi deb aytishgan edi. Ular esa o‘zlarining fantastik o‘yinlari bilan javob qaytarishdi. O‘tgan o‘yinlar davomida sezdikki, bizning hujumchilarimiz raqiblarni qo‘rquvga sola olishdi va bu juda ham yoqimli edi”, - deydi gollandiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” ayni damda APL musobaqa jadvalida 54 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ular o‘tgan 20ta tur davomida raqiblari darvozasiga naqd 48ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi, va o‘z darvozalaridan bor yo‘g‘i 8ta gol o‘tkazib yuborishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!