
Van Deyk Belgiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Gollandiya terma jamoasi himoyachisi Virgil van Deyk Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etolmaydi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda futbolchini APLning 6-turida “Sautgempton”ga qarshi bahsda olgan jarohati yana bezovta qila boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, van Deyk kecha Germaniyaga (3:0) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishgan edi.
Ma’lumot uchun, Belgiya – Gollandiya uchrashuvi 16 oktyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar