
Urgenchda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Urgench shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirdi.
Ushbu qit’a chempionatida shu yilning oktyabr oyida Argentinada o‘tkaziladigan III o‘smirlar olimpiya o‘yinlariga ham yo‘llanmalar beriladi.
Musobaqada Osiyo mamlakatlaridan 248 nafar sportchi sakkiz vazn toifasida ishtirok etmoqda. Shuningdek, chempionatni dunyoning 37 davlatidan kelgan 200 ga yaqin mutaxassis, musobaqa rasmiylari hamda sport ixlosmandlari mehmon sifatida kuzatib bormoqda.
Musobaqaning ilk kunida 44 kg. vaznda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nigora Abdullaevaning shohsupaning eng yuqori pallasidan joy egallagani barchani ruhlantirib yubordi.
Bellashuvlar 30 aprel kunigacha davom etadi.
Fotolar muallifi Shonazar Karriev.
Fikrlar