
Terri Anri tez orada top darajadagi jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanadi
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi assistenti lavozimida faoliyat olib borayotgan frantsiyalik mutaxassis Terri Anri tez orada "Monako" bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra kuni kecha Leonardu Jardimni bosh murabbiylikdan iste’foga chiqargan monakoliklar ushbu lavozimga aynan 41 yoshli mutaxassisni munosib nomzod sifatida ko‘rishmoqda. Ta’kidlash kerakki, Anri hozircha faoliyati davomida o‘zi alohida murabbiy sifatida ishlamagan.
Eslatib o‘tamiz, “Monako” ayni damda chempionatning 18-pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar