
Taekvondochilarimiz Frantsiyaga yo‘l olishdi
Bugun taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Frantsiya safariga yo‘l olishdi. Yurtdoshlarimiz 17-18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "French Open" xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi.
"G2" toifasiga kiruvchi joriy turnir ham Tokio Olimpiadasiga muhim reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. Terma jamoamiz vakillari Parij safariga ikkinchi tarkibni olib borishni lozim ko‘rgan. Zero, ular mana shunday musobaqalarda g‘olib bo‘lgach, yuqori reyting ochkolari evaziga Gran-pri musobaqalariga yo‘llanma olishlari ham mumkin.
Terma jamoamiz bu turnirda quyidagi 8 nafar sportchi bilan ishtirok etadi: To‘raev Abror (-58 kg), Bobobekov Suhrov (-58 kg), O‘rolov Temur (-63 kg), Adhamov Islom (-74 kg), Salaev Suhrob (-80 kg), Madinabonu Mannopova (-49 kg), Qayumova Charos (-53 kg), Svetlana Osipova (+73 kg), Kim Aleksandr (murabbiy).
Fikrlar