
Serxio Ramos: Lopetegining iste’fosi "Real"ga foyda keltirmaydi
Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining iste’foga chiqishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Bunday qarorni bizdan boshqalar qabul qilishadi. Mening nazarimda murabbiyning iste’fosi hech qachon jamoaga foyda keltirmaydi. Aytishim mumkinki, har qanday holatda ham Lopetegining taqdiri bizning qo‘limizda emas. Men Lopetegining iste’fosini ahmoqlik deb hisoblayman, chunki biz eng yuqori o‘rinlar uchun kurash olib boryapmiz. Biz hozir xotirjam bo‘lishimiz va omadsiz seriyaga yakun yasashga harakat qilishimiz kerak”, - deydi Ramos.
Eslatib o‘tamiz, Lopetegi boshchiligidagi “Real” qatorasiga 4ta bahsdan buyon g‘alaba qozona olmay kelmoqda.
Fikrlar