“Real” bosh murabbiylik uchun yana bir nomzod topib qo‘ydi

  • 6 noyabr, 2018, 20:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina Xulen Lopetegini iste’foga chiqargan Madridning “Real” klubi uning o‘rniga yana bir nomzod topdi.

Tecno

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbariyati “Monako”dan iste’foga chiqqaniga uncha ko‘p bo‘lmagan Leonardu Jardimni ushbu lavozimga taklif qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozimga asosiy da’vogar hisoblangan Antonio Konte va Maurisio Pochettinolar ayni damda “Real”ni boshqarishga rozi bo‘lishmagan edi.

Ma’lumot uchun, hozir “Real”ni vaqtinchalik Santyago Solari boshqarib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!