Rakitich: Kelajagimni “Barselona”da ko‘ryapman

  • 24 fevral, 2019, 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi paytlarda ko‘plab Evropa grandlari e’tiborini tortayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich o‘zining jamoadagi kelajagi borasida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Mening shartnomam tugashiga yana bir necha yil bor. Top klublarning menga qiziqish bildirayotgani men uchun sharaf, ammo men kelajagimni “Barselona”da ko‘ryapman”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Rakitich kataloniyaliklar safiga 2014 yil 18 mln evro evaziga “Sevilya”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!