Rakitich: Bartomeu tez orada menga qo‘ng‘iroq qilsa kerak

  • 30 avgust, 2018, 17:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich o‘zining klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi borasidagi xabarlarga nisbatan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Shartnomani uzaytirish? Buni xohlardim. Chunki, klub men bunga loyiq ekanligimni biladi deb o‘ylayman. Menimcha bu tez orada sodir bo‘ladi. Lekin, bu vaziyatda hech qanday bosim bo‘lmaydi. “Barselona” o‘z futbolchilariga g‘amxo‘rlik qilishini bilaman. Menimcha prezident tez orada menga qo‘ng‘iroq qilsa kerak”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rakitichga PSJdan jiddiy takliflar bo‘la boshlashanidan so‘ng "Barselona" unga yangi shartnoma taklif qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!