
Radu Albot faolityatidagi ilk sovringa ega bo‘ldi
Moldavalik Radu Albot ATR tomonidan AQShda o‘tkazilgan "Delray Beach Open" musobaqasining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Radu turnirning so‘nggi hal qiluvchi bahsida britaniyalik Deniel Evansni 3:6, 6:3, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
"Delray Beach Open" turniridagi g‘alaba Albotga 250 ochko va 97,490 AQSh dollarini keltirdi. Shuningdek, u faoliyatidagi ilk sovringa ega bo‘ldi.
Fikrlar