
Osiyo kubogi. Eron Iroq bilan durang o‘ynadi, Vetnam Yamanni engdi
Eron bu tur Iroq bilan kuch sinashdi. Jangovar ruhda kechgan uchrashuvda esa nursiz durang natija qayd etildi. Natijada Karlush Keyrush boshqaruvidagi forslar 7 ochko jamg‘argan holda qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, guruhda birinchi bo‘ldi.
Huddi shuncha ochkoga ega bo‘lgan Iroq esa 2-pog‘onani egalladi. Parallel ravishda kechgan Vetnam - Yaman bahsida esa Sharqiy osiyoliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar