Odil Ahmedov: Osiyo kubogida 100 ta gol urib, 100 ta golli pas berishni xohlayman

  • 14 yanvar, 2019, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov kutilganidek Turkmanistonga qarshi uchrashuvda ham o‘z vazifasini a’lo darajada bajardi va muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi. O‘yindan keyin u stadionda va miks-zonada bir qator jurnalistlarga intervyu berdi. Oxiri bo‘lib esa xitoylik muxbir undan intervyu oldi. Ushbu suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz.

Tecno

- O‘yin haqida nima deysiz?

- Bugun g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilganimizdan o‘zimiz ham quvondik. Mana shunday g‘alabalarimiz davomli bo‘lishini istayman.

- Ikkita gol urgan Eldor Shomurodov chiroyli o‘yin ko‘rsatdi. U haqida fikringiz qanaqa?

- Uning kelajagi porloq. O‘ylaymanki, Eldor o‘z ustida ishlashda davom etsa, bundan ham yaxshi o‘yin ko‘rsata oladi. Uni O‘zbekistonning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lishini xohlayman.

- Klub bilan milliy terma jamoa o‘rtasidagi farq qay darajada?

- Klub bilan terma jamoa boshqa-boshqa. Ikkalasini tenglashtirib bo‘lmaydi. Baribir milliy terma jamoa klubga nisbatan yuqorida turadi.

- Siz bilan birga bir klubda to‘p surayotgan Vu Ley haqida nima deya olasiz?

- Uni Xitoy futbolchi uchun eng zo‘ri deb bilaman. U bilan birga o‘ynash kishiga zavq bag‘ishlaydi. Vu Ley yanada o‘sishga erishyapti.

- Afsuski, u jarohat oldi…

- O‘ylaymanki, jarohati jiddiy emas.

- Ushbu musobaqada nechta gol urishni va nechta golli pas berishni xohlaysiz?

- Musobaqada 100 ta gol urib, 100 ta golli pas berishni xohlayman (kuladi).

- Birinchi uchrashuvda kiritgan golingiz haqida fikringiz qanday?

- Gol urish doimo yoqimli. Eng muhimi, jamoamiz g‘alaba qozonsa bo‘ldi.

- Osiyo Kubogini yutmoqchimisiz yoki qaysidir bosqichgacha etib borishni maqsad qilganmisiz?

- Bu erga yutamiz deb kelganmiz. Xudo xohlasa, o‘z maqsadimizga erishamiz.

Shuhratbek Jo‘raev yozib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!