OFK ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi

  • 11 iyun, 2018, 05:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yana bir necha kundan so‘ng Rossiyada jahon sportidagi eng nufuzli musobaqalaridan biri – futbol bo‘yicha Jahon chempionati start oladi.

Tecno

Ushbu nufuzli musobaqa oldidan ayni kunlarda jahon futbol amaldorlari, futbol yulduzlari va murabbiylari Rossiya poytaxti Moskva shahrida jam bo‘lishgan.

Shu qatorda, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ayni paytda Moskva shahrida bo‘lib turibdi. MOQ rahbari Yaponiyadan to‘g‘ri Moskvaga etib bordi. Umid Ahmadjonov u erda Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Halifa bilan uchrashdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Do‘stona ruxda o‘tgan norasmiy uchrashuvda tomonlar 2019 yili Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan fikr almashishdi. Shuningdek, Shayx Salmon o‘zbek futbolida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va buning uchun Umid Ahmadjonovga minnatdorchilik izhor qildi. Ana shunday yangiliklarni, islohotlarni bundan buyon ham davom ettirilishi tarafdori ekanligini ma’lum qildi. 

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov va Shayx Salmon Osiyo futbol konfederatsiyasi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishini shu yilning oktyabr oyida Toshkentda o‘tkazish masalasini ham muhokama qilishdi. Demak, muzokaralar yakuniga ko‘ra navbatdagi muhim yig‘ilishga Toshkent shahri mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonov 12-13 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan FIFA Kongressida ishtirok etadi. Shuningdek, 14 iyun kuni Jahon chempionatining ochilish o‘yini – Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni «Lujniki» stadionidagi martabali mehmonlar lojasidan kuzatib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!