O‘FA “Zo‘r TV” telekanali bilan hamkorlik qiladi

  • 26 may, 2018, 11:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Zo‘rtv” telekanali hamda “Tasvir” gazetasi bilan birgalikda yurtmizda futbolni ommaviylashtirish, futbolchi bo‘lishni orzu qilgan, ammo ushbu orzusiga etisha olmagan yoshlarni niyatlariga etishlari yo‘lida imkoniyat yaratish maqsadida yangi loyihani yo‘lga qo‘ydi.

Mamlakatimizdagi 17 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan, futbolchi bo‘lishni orzu qilgan yoshlar ushbu loyihada ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun “Tasvir” gazetasini sotib olib, gazetada chop etilgan kuponni to‘ldirishlari hamda o‘sha erda ko‘rsatib o‘tilgan manzilga pochta yoki “Telegramm” tarmog‘i orqali yuborishlari lozim bo‘ladi. Loyiha ishtirokchilari soni cheklanmagan.
Kupon yuborgan ishtirokchilar hududlarga bo‘lingan holda viloyatlar miqyosida, tanlov asosida saralab olinadi. Tanlovda hakamlar tomonidan ishtirokchilar turli futbol mashqlari hamda sinovlari orqali sinovdan o‘tkaziladi. Har bir viloyatdan 18 nafar futbolchi bo‘lish istagidagi yoshlar keyingi bosqichga yo‘llanma olish imkoniga ega.

Har bir xududdan saralab olingan futbolchilar so‘nggi bosqichda Toshkent shahrida qaytadan sinovdan o‘tkaziladi hamda ular orasidan eng kuchli 23 futbolchi tanlab olinadi. Ushbu g‘olib futbolchilar Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida tashkil etiladigan “Futbol shou” dasturida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuvni terma jamoalarimiz murabbiylari kuzatib borishadi va iqtidor egalarini tanlab olishadi.

“Futbol shou” loyihasida ishtirok etib, o‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!