Myuller terma jamoa safida yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

  • 20 noyabr, 2018, 05:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi xujumchisi Tomas Myuller Germaniya terma jamoasi safida 100-uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

29 yoshli forvard Millatlar ligasi doirasida Gollandiyaga qarshi uchrashuvning 67-daqiqada Serj Gnabri o‘rniga maydonga tushdi.

Jahon chempioni bundestim safida 38 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, 36ta golga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Aytib o‘tish joizki, Myuller Germaniya terma jamoasi safida 100-uchrashuvni o‘tkazgan 15-futbolchidir.

Top uchlikda Lukas Podolski (130), Miroslav Kloze (137) va Lotar Matteus (150) futbolchilar bor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!