
Marsel Granolers "Open Sud de France"ni g‘alaba bilan boshlandi
Frantsiyaning Monpele shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan "Open Sud de France" turnirida asosiy to‘r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg‘armasi 524,340 evroni tashkil etuvchi mazkur musobaqaning birinchi davrasida Marsel Granolers (Ispaniya) va Ivo Karlovich (Xorvatiya) o‘zaro raqobatlashdi.
Ular o‘rtasidagi bahs uch set davom etdi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda Marsel raqibini 7:6, 6:7, 7:6 hisobida taslim qildi.
Fikrlar