Marko Roys Germaniya terma jamoasining 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 5 yanvar, 2019, 17:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” Dortmund yarim himoyachisi Marko Roys 2018 yakunlariga ko‘ra Germaniya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

29 yoshli futbolchi Germaniya futbol ittifoqi rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada 89 928ta (33,9%) ovoz to‘pladi. Roys bu borada Yozua Kimmix (“Bavariya” 31%) va Leroy Sanelarni (“Manchester Siti” 10,3%) ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Marko Roys 2018 yilda Bundestim safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!