
Marko Roys Bundesliganing noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Germaniya Bundesligasi chempionatning o‘tgan noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Unga ko‘ra ushbu nomga “Borussiya” Dortmund hujumchisi Marko Roys sazovor bo‘ldi. Qayd etish lozimki, 29 yoshli futbolchi o‘tgan oy Bundesligada jami 3ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan edi. E’tiborlisi, ushbu uchrashuvlarning barchasida dortmundliklarning qo‘li baland kelgan.
Ma’lumot uchun, Roys joriy mavsum “Borussiya” Dortmund safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar