"Manchester Siti" Lyaportga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

  • 21 fevral, 2019, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Siti" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Emerik Lyaportga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” 24 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan bu borada muzokaralarni ham boshlab yuborishgan. Ta’kidlash kerakki uning amaldagi shartnomasi yakunlanishiga yana 4 yil mavjud. Biroq, “Siti” rahbariyati futbolchini joriy mavsum ko‘rsatayotgan muvaffaqiyatli o‘yini uchun shu yo‘l bilan rag‘batlantirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Lyaport joriy mavsum APLda jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!