Lovrenning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • 11 sentabr, 2018, 09:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning xorvatiyalik himoyachisi Deyan Lovren yana kamida bir oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi JCh-2018da olgan jarohatidan hali to‘liq forig‘ bo‘lmagan. Ayni damda yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan Lovren kamida oktyabrdan boshlab mersisaydliklarga yordam berishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “Liverpul” safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!