"Liverpul"ga qarshi bahs oldidan "Arsenal"da jiddiy yo‘qotish bor

  • 29 dekabr, 2018, 08:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil bugun “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bunga sabab germaniyalik futbolchi tizzasidan jarohat olgan. Eslatib o‘tish lozimki, u bundan avvalroq belidagi jarohati sabab bir necha hafta maydonga tusha olmagan edi.

Qayd etish lozimki, bugungi bahs oldidan “Liverpul”da ham jiddiy yo‘qotishlar mavjud. Aniqrog‘i, Jeyms Milner bugungi o‘yinda mersisaydliklarga yordam bera olmaydi.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” – “Arsenal” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!