
Legionerlarimiz. Janubiy Koreyadan daraklar
Hamyurtlarimiz Shoxrux Gadoev hamda Sanjar Tursunovlar faoliyat olib boradigan "Tedjon Sitizen" klubi o‘z maydonida "Ansan Grinerz"ni qabul qildi.
Mazkur bellashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Har ikkala yurtdoshimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Tursunov 90 daqiqa o‘ynagan bo‘lsa, Gadoev 83-daqiqada zaxiraga olindi.
Bugungi g‘alabadan so‘ng "Tedjon Sitizen" jamg‘argan ochkolar soni 33 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
K Liga-2. 25-tur
"Tedjon Sitizen" - "Ansan Grinerz" 1:0.
Fikrlar