
Konte "Chelsi"dan 23 mln evro talab qilmoqda
Italiyalik mashhur mutaxassis Antonio Konte o‘rtadagi shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun "Chelsi"dan kattagina tovon puli talab qilmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 49 yoshli murabbiy “aristokratlar”dan umumiy hisobda 23 mln evro talab qilmoqda. Shularning 13 millioni shartnomani bekor qilganligi uchun bo‘lsa, qolgan 10 millioni uning murabbiylik obro‘siga zarar etkazgani uchun.
O‘z navbatida “Chelsi” Konteni imzolangan shartnoma majburiyatlarini buzganlikda ayblamoqda.
Fikrlar