Kasilyasga MLS klubi xaridor bo‘lmoqda

  • 21 noyabr, 2018, 16:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

Tecno

AS nashrining yozishicha 37 yoshli ispaniyalik posbonga AQShning "Chikago Fayr" klubi jiddiy qiziqib qolgan. Ta’kidlash kerakki, uning “Portu” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va u shundan so‘ng erkin agent sifatida istagan jamoasiga yo‘l olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kasilyas bundan avvalroq agar “Real”dan taklif bo‘lsa, yana ortga qaytishga tayyor ekanligi haqida aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Kasilyas “Portu” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 10ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!