
Javohir Sidiqov: Futbolchilarning ishonchi yuqori
Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikkala jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va futbolchi Javohir Sidiqov qatnashdi.
"Tarkibdagi barcha futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan, jamoaga bo‘lgan ishonchi yuqori. Biz yaxshi kayfiyatdamiz. Men o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari tarkibida Yaponiyaga qarshi maydonga tushganman. O‘sha o‘yinlarning birortasida ham mag‘lubiyatga uchramaganmiz. Shunday ekan, ertangi uchrashuvda ham milliy terma jamoa tarkibida g‘alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Sidiqov.
Fikrlar