Jamila Rahmatova shogirdlari Qozog‘istonda teng siz bo‘ldi

CHERY AUTO

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha "Grace cup - 2018" turnirida taniqli gimnastikachimiz  Jamila Rahmatovaning shogirdlari munosib ishtirok etdi.

Tecno

Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan 400 nafarga yaqin gimnastikachilar g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi.

2010 yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Zebiniso Yoqubova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi. Etti yoshli gimnastikachilar o‘rtasida vakillarimizdan Alisa Petrova, Shahrizoda Rajabova hamda Shahruza Mamatxonova birinchi, Elizaveta Koneva esa uchinchi o‘rindan joy oldi.

Besh yoshgacha bo‘lgan yo‘nalishda Darya Krikova oltin medal sohibi bo‘ldi. Olti yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Mubina Abbosova birinchi, Sora Nurmatova, Kamilya Rustamova esa ikkinchi bo‘ldi.

Shu tariqa gimnastikachilarimiz 6 oltin, 2 kumush va 1 bronza medalni qo‘lga kiritishdi

2cd18215-2e39-4acc-bbae-fef85454db84   

0b47cd82-4876-434f-9f47-2eb7b97de83a

79dfb833-3191-4a1e-9aec-ebc85cd3e77f

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!