
Jaka: Petr Chex hamma narsani biladi
"Chex hamma narsani tashkillashtiradi. Bizda qandaydir savol bo‘lsa, biror narsani tushunmagan bo‘lsak uning oldiga boramiz. Petr hamma narsani biladi va darhol javob beradi. Qandaydir yordam kerak bo‘lsa ham doimo tayyor.
Chex murabbiy bo‘la oladimi? Albatta. U ko‘p narsani biladi va yangiliklarga juda ham o‘ch. Petr bir necha tillarni biladi va bu uning ustunligi", - dedi shveytsariyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Petr Chex 2015 yilning yozida "Chelsi"dan "Arsenal" safiga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar