
JCh–2018: Eron safarda Qatarni kichik hisobda mag‘lub qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqiblari – Qatar va Eron “A” guruhi 6-turida o‘zaro bahs olib bordi.
Doha shahridagi Jassim Bin Hamad Stadium maydonida o‘tgan o‘yinda Karlush Keyrush shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga 52-daqiqada Mehdi Tameri mualliflik qildi.
Eron terma jamoasi ochkolari sonini 14 taga etkazib oldi va “A” guruhida peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikinchi, O‘zbekiston esa 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
JCh–2018 saralashi, 6-tur
Doha, Qatar
23 mart, payshanba
Qatar – Eron 0:1
Gol: Mehdi Tameri (52)
Ogohlantirishlar: Pedro Migel (45) Bualem Xuki (86) – Milad Muhammadi (6), Mehdi Taremi (86), Alirizo Beyranvand (87).
№ |
Jamoa |
O‘yin |
G‘alaba |
Durang |
Mag‘lubiyat |
T/N |
Ochko |
1 |
Eron |
6 |
4 |
2 |
0 |
5-0 |
14 |
2 |
Janubiy Koreya |
6 |
3 |
1 |
2 |
8-7 |
10 |
3 |
O‘ZBEKISTON |
6 |
3 |
0 |
3 |
5-4 |
9 |
4 |
Suriya |
6 |
2 |
2 |
2 |
2-2 |
8 |
5 |
Xitoy |
6 |
1 |
2 |
3 |
3-6 |
5 |
6 |
Qatar |
6 |
1 |
1 |
4 |
3-7 |
4 |
Fikrlar