Hasanboy Do‘smatov: Oltin medal faqat men uchun yaratilmagan

  • 25 sentabr, 2018, 09:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etib, vatanimiz sha’nini munosib darajada himoya qila oldilar. Yakunda O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida medallar to‘plash borasida kuchli beshlikdan o‘rin egallagani ham katta gap. Bu esa yurtimizda sport sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning ifodasidir.

Tecno

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Osiyo o‘yinlarida andijonlik sportchilar ham O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishdi. Bir qator sport turlari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni alohida e’tirof etsak arziydi. Ayniqsa, Andijonda boks sport turi ancha rivojlangan bo‘lib, Osiyo o‘yinlarida O‘zbekistonga taqdim etgan medallarning salmoqli qismi aynan bokschilarimiz tomonidan amalga oshirilgani ham e’tiborga molikdir. Barchaga yaxshi tanish bo‘lgan bokschimiz Hasanboy Do‘stmatov Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. SPORTS.uz muhbiri esa kuni kecha Do‘stmatov bilan qisqacha suhbatda bo‘ldi.

Iqtidorli bokschimiz suhbat davomida oltin medallar faqat uning uchun yaratilmagani va mag‘lubiyat sportda uchrab turishi haqida aytdi.

- 2016 yilgi Olimpiadada qo‘lga kiritgan oltin medaldan keyin sizga bo‘lgan e’tibor yanada oshib ketgandi. O‘tgan yili Gamburgdagi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdingiz. Bu safar esa Osiyo o‘yinlarida ham yana kumushga sazovor bo‘ldingiz...

- Nimaga? 2017 yili Osiyo chempionatida oltin medalni oldim. Sportda oltin medallar faqat men uchun yaratilmagan-ku. Shuning uchun boshqa sportchilar ham harakat qilishyapti, o‘z ustida ishlashyapti. Sportni yaxshi tushungan odam biladiki, doim ham siz o‘ylagan natija kelavermaydi. Bir unday bo‘lsa, bir bunday bo‘ladi.

Suhbatning to‘liq matnini tez orada saytimizda o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!