G‘ulom Rahmonov: Biz har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz

  • 14 aprel, 2017, 13:25
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

G‘uzor shahridagi Bolalar sport majmuasi futbol maydonida  bo‘lib o‘tadigan, Yoshlar ligasi 6-tur doirasidagi  “Sho‘rtan” – “Paxtakor” tuqnashuviga qiziqish katta. Bu  uchrashuv har ikki jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavsumni a’lo darajada boshlagan Asror Aliqulov shogirdlari, sermahsul o‘yinlari bilan vohalik futbol ixlosmandlariga ajoyib futbol shoularini taqdim etishda davom etmoqda. Mazkur uchrashuv oldidan “Sho‘rtan” yoshlar jamoasi sardori G‘ulom Raxmanovni fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda voha.uz xabar bermoqda.

- Bugun o‘z maydonimizda qiyin uchrashuvlardan birini o‘tkazamiz, “Paxtakor”ning eng katta kuchi bu jamoaning ancha shakllangan tarkibidir. Ular tajriba bobida tashabbusga egalar. Jamoa safidagi futbolchilar yosh, iqtidorli va yuksak ijrochilardir. Lekin bunga e’tibor bermasdan, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz  darkor. Shunda muvaffaqiyat  qozonamiz. Biroq biz  “Paxtakor”ni yutish mumkinligini isbotlashimiz kerak. Biz  har bir turda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Biz futbolchilar uchun klub manfaati yuqori turadi, - deydi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!