
“Everton” va “Barselona” bir futbolchi uchun kurashishmoqda
Angliyaning “Everton” klubi o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Daily Star nashrining ma’lum qilishicha “irischilar” Braziliyaning “Korintians” klubi forvardi Kayo Emersonni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Janubiy Amerikada 17 yoshli forvardning kelajagini porloq deya baholashmoqda. Yuqoridagi manbaada yozilishicha liverpulliklar Emerson uchun 250 min funt to‘lashga tayyor.
Ma’lumotlarga qaraganda Kayo uchun shuningdek Kataloniyaning “Barselona” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar