
Emre Jan: Ronaldu bilan birga o‘ynash ajoyib bo‘lar edi
“Yuventus” klubining yangi a’zosi Emre Jan Turinda Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynashdan baxtiyor bo‘lishini aytib o‘tdi.
“Yuventus” Ronaldu bilan muzokaralar olib boryaptimi buni bilmayman, men faqat o‘zim haqimda o‘ylayapman. Lekin, Krishtianudek futbolchi bilan birga o‘ynash ajoyib bo‘lar edi.
Bizning yangi mavsumdagi maqsadimiz nima? A Seriya va Chempionlar ligasida g‘olib chiqish”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda xorij OAVlarida Ronalduning “Yuventus”ga ko‘chib o‘tishi borasida turli xabarlar tarqaldi.
Fikrlar