"Chelsi" Azarning maoshini keskin oshirmoqchi

  • 14 iyul, 2018, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoa etakchisi Eden Azarning maoshini keskin oshirishga tayyor.

Tecno

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 27 yoshli belgiyalik vinger uchun yangi 5 yillik shartnoma va yiliga 18 mln evro maosh taklif qilmoqda. Bundan tashqari “Chelsi” Azar istagandek jamoa tarkibini kuchaytirib, yana sovrinlar uchun kurashishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Azar kelgusi mavsum “Chelsi”ning EChLda ishtirok etmasligi sabab jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga esa ayni damda “Real” va “Barselona” kabi Evropa grandlari jiddiy kurash boshlashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!